Texnikum

Yangiyer shahar meditsina sanitariya qismi  shifokori Shayzakov Alimqul tashabbbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1984 yil  29 maydagi №692 sonli buyrug’iga asosan  Yangiyer shahar Loyihachilar ko’chasida Yangiyer tibbiyot bilim yurti tashkil etilgan. Dastlab “Hamshiralik ishi’ yo’nalishi bo’lib, Mirzacho’l yoshlari tahsil ola boshlagan va o’rta tibbiyot xodimlarini yetishtirib chiqara boshlagan.

Bilim yurtining birinchi direktori Shayzakov Alimkul Shayzakovich.

   Keyinchalik bilim yurtiga shifokor Kenjayev Fayzulla Kenjayevich rahbarlik qildi.

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi  markazining 2004 yil  24 yanvardagi №16 sonli buyrug’iga asosan Yangiyer tibbiyot bilim yurti Yangiyer tibbiyot kolleji nomi bilan faoliyat yurita boshladi. 2005 yil Yangiyer shahar T.Malik mahallasi Paxtakor ko’chasi 1 uyda joylashgan yangi binoga ko’chib o’tdi. Kollej maydoni 3.20 ga. 60 o’rinli  barcha qulayliklarga ega “O’quvchilar turar joyi” mavjud. Kollej “Hamshiralik ishi, “Davolash ishi”, “Akusherlik ishi” , “Stomatologiya”, “Laboratoriya ishi”, “Farmatsiya”, “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishlari bo’yicha o’rta bo’g’in tibbiyot xodimlarini tayyorlab yetishtirgan.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish to’g’risida”gi  PQ-197 sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2023 yil 24 iyuldagi №173 sonli buyrug’iga asosan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sifatida tashkil etildi. Hozirgi kunda “Hamshiralik ishi, “Feldsherlik ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Funksional diagnostika  ishi”, “Farmatsiya” yo’nalishlari mavjud. Ta’lim davomiyligi 3 yil. O’qish to’lov-kontrakt asosida.

    Texnikumda 36 nafar pedagog-o’qituvchilar faoliyat yuritib, 9 nafar yetakchi o’qituvchi, 1 nafar bosh o’qituvchi, 4 nafar katta o’qituvchi, 2 ta fan nomzodi, 20 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchilar talabalarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda.

ТЕХНИКУМ ПАСПОРТИ

МанзилиСирдарё вилояти Янгиер шахри Пахтакор кўчаси 1 уй
Бино қурилган йил2004 йили қайта реконструкция қилинган
Қуввати1340  ўринли
Ўқувчилар сони420 нафар
Бинолар сони2 та
Ер майдони3,9 га
Ўқув майдони4197,26 м2
Ўқув хоналари сони80 та
Ётоқхона60  ўринли
Спорт зал30х18
Ошхона (Буфет)60  ўринли
Қайси вазирлик (идора) тизимидаСоғлиқни Сақлаш Вазирлиги
Қайси ОТМ ҳузурида