{"id":657,"date":"2025-07-01T03:31:58","date_gmt":"2025-07-01T03:31:58","guid":{"rendered":"https:\/\/yjst.uz\/?p=657"},"modified":"2025-07-01T03:32:01","modified_gmt":"2025-07-01T03:32:01","slug":"ozbekiston-yoshlari-yangi-tarix-yaratadigan-oltin-avlod","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yjst.uz\/?p=657","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston yoshlari \u2013 yangi tarix yaratadigan oltin avlod"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/yjst.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/q12-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-659\" srcset=\"https:\/\/yjst.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/q12-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/yjst.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/q12-300x200.jpg 300w, https:\/\/yjst.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/q12-768x512.jpg 768w, https:\/\/yjst.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/q12.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun \u2013 Yoshlar kuni munosabati bilan o\u2018tkazilgan uchrashuvda nutq so\u2018zladi. O\u2018zbekiston yoshlarini ushbu qutlug\u2018 ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O\u2018tgan yili yurtimiz yoshlari \u201cTOP-500\u201dtalik oliygohlarga kirish bo\u2018yicha Markaziy Osiyoda 1-o\u2018rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi \u201cTOP-10\u201d, 500 nafari \u201cTOP-100\u201d va 1 ming 500 nafari \u201cTOP-300\u201ddan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yurtdoshlarimiz san\u2019at, sport sohalarida ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Yaqinda futbol bo\u2018yicha milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo\u2018llanmasini qo\u2018lga kiritdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo\u2018lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda. Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog\u2018ini baland ko\u2018tarishga qodirsiz. Sizlar \u2013 Yangi O\u2018zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz,<\/em> \u2013 deya ta\u2019kidladi Prezident.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlarga sifatli ta\u2019lim-tarbiya berish, xorijiy tillarni o\u2018rgatish, kasb egallab, hayotda munosib o\u2018rin topishiga ko\u2018maklashish \u2013 davlatimizning asosiy vazifasiga aylangan. Bunda zamon talabidan kelib chiqib, zarur sharoitlar yaratilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jumladan, \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o\u2018qitilgan. O\u2018tgan yili 150 mingdan ziyod yigit-qiz xalqaro til sertifikatlari olgan, bu \u2013 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko\u2018p.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha orqali 292 mingta ish o\u2018rni yaratilmoqda. Yana 500 mingta ish o\u2018rni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan. Natijada \u201cyashil\u201d iqtisodiyot, sanoat, energetika, geologiya, muhandislik va boshqa sohalarda minglab mutaxassislarga talab paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchrashuvda davlatimiz rahbari yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, Prezidentimiz farmoni bilan Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etildi. Unga 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o\u2018quvchi saralab olinib, 3 ta yo\u2018nalishda chuqurlashtirib o\u2018qitiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o\u2018quvchi tanlanib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi. Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nufuzli xorijiy oliygohlarga kirayotgan barcha yoshlar ham 100 foizlik grant olish imkoniyatiga ega emas. Shu bois endi \u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi tomonidan \u201cTOP-300\u201dtalik oliygohga kirganlarning o\u2018qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng avvalo, ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika, energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo\u2018jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar oshirilmoqda. Endi banklar \u201cTOP-300\u201d talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli kredit beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellektni rivojlantirish bo\u2018yicha bank-moliya, sog\u2018liqni saqlash, qishloq xo\u2018jaligi va energetikani ustuvor yo\u2018nalish sifatida belgilanib, 100 ta loyiha amalga oshiriladi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda \u201cBir million sun\u2019iy intellekt yetakchilari\u201d dasturi ishga tushiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Massachusets texnologiya institutining sun\u2019iy intellekt ta\u2019lim dasturi asosida informatika o\u2018quv dasturlari yangilanadi. Viloyatlardagi informatika o\u2018qituvchilari Yangi O\u2018zbekiston universitetida ushbu dasturga o\u2018qitiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cRaqamli avlod qizlari\u201d tanlovida ta\u2019lim, sun\u2019iy intellekt, \u201cyashil\u201d iqtisodiyot, iqlim o\u2018zgarishi kabi sohalarda 7 ming o\u2018quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi. Joriy yil bu loyihaga kamida 50 ming nafar qizlar qamrab olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha tizim yaratilib, ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi. Endi bu mablag\u2018 1 milliard dollarga yetkaziladi. Maktablarda o\u2018quvchilar uchun \u201cmohirlik va biznes soati\u201d kiritilib, ularning g\u2018oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so\u2018m grant yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oliygohlar o\u2018rtasida ham startaplar bo\u2018yicha har yili \u201cEng yaxshi kreativ g\u2018oya\u201d tanlovi o\u2018tkazilib, g\u2018oliblarga oliygoh jamg\u2018armasidan 300 million so\u2018mgacha grant beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o\u2018tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park tadqiqot va taraqqiyot markazini ochadi. Bunda, eng yaxshi loyihalar bo\u2018yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi \u201cYoshlar venchur\u201d jamg\u2018armasidan qoplanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo\u2018jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo\u2018yicha ham tizim yaratiladi. Har bir kasb yo\u2018nalishi bo\u2018yicha yoshlar o\u2018rtasida respublika musobaqalari o\u2018tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tarmoq rahbarlari har yili o\u2018z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo\u2018lga qo\u2018yadi. Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so\u2018mdan ajratadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019lumki, maktab bitiruvchilari hamda talabalarning bandligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha ikkita dastur qabul qilingan. Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratilgan. Ular \u201cYoshlar biznesi\u201d dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, \u201cKelajakka qadam\u201d orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta\u2019minlashga mas\u2019ul bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga yil yakunigacha oliygoh, texnikum, kasbiy ta\u2019lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog\u2018laydigan platformani ishga tushiradi. \u201cHarakatda daromad\u201d elektron tizimi yaratilib, ta\u2019tildagi 3 million yoshlar malaka talab qilmaydigan ishlarga jalb qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo\u2018lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi. O\u2018tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo\u2018yicha Prezident farmoni imzolandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida \u201cKelajak liderlari\u201d dasturi bo\u2018yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o\u2018qitiladi. Ular vazir va hokimlarga biriktirilib, tajriba orttiradi. Ikki haftaga xorijiy stajirovkaga yuboriladi. Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlar ta\u2019lim-tarbiyasida kitobsevarlik, san\u2019at va madaniyatning ahamiyati katta. Shu bois bu yo\u2018nalishdagi tanlovlarda g\u2018olib bo\u2018lganlar chekka hududlardagi maktablarga borib, chiqishlar qiladi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Respublika tanlovi g\u2018oliblariga madaniyat va san\u2019at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi. \u201cIqtidor\u201d maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g\u2018oliblari Bolalar va musiqa san\u2019at maktablarida bepul o\u2018qitiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yosh avlodda vatanparvarlikni kuchaytirish, turli zararli ta\u2019sirlardan asrash masalasi ham dolzarb. Poytaxtimizdagi \u201cG\u2018alaba bog\u2018i\u201dda ochilgan \u201cMillat fidoyilari\u201d monumentidan maqsad ham shu. U yerda el-yurtimiz tinchligi yo\u2018lida aziz jonini fido qilgan 196 nafar mard va jasur harbiylarimiz, huquq-tartibot idoralari xodimlarining nomlari muhrlangan. Bu qutlug\u2018 maskanni ziyorat qilgan yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg\u2018usi yanada yuksalishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlatimizning yoshlarga oid siyosatini xalqaro hamjamiyat ham keng e\u2019tirof etmoqda. O\u2018zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti \u201cYoshlar \u2013 2030\u201d strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz bu borada eng tez sur\u2019atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buxoro shahri \u2013 Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri \u2013 Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kunlarda yurtimizda Global yoshlar festivali bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va o\u2018zaro tajriba almashish maydoni bo\u2018lishi qayd etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentimiz yoshlarning bilim va iqtidorini e\u2019tirof etib, ular bilan g\u2018ururlanishini ta\u2019kidladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Sizlarning har bir yutug\u2018ingiz \u2013 butun xalqimizning yutug\u2018idir. Azmu shijoatingiz, sog\u2018lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz \u2013 millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir,<\/em> \u2013 dedi davlat rahbari.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun \u2013 Yoshlar kuni munosabati bilan o\u2018tkazilgan uchrashuvda nutq so\u2018zladi. O\u2018zbekiston yoshlarini ushbu qutlug\u2018 ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O\u2018tgan yili yurtimiz yoshlari \u201cTOP-500\u201dtalik oliygohlarga kirish bo\u2018yicha Markaziy Osiyoda 1-o\u2018rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi \u201cTOP-10\u201d, 500 nafari<span class=\"post-excerpt-end\">&hellip;<\/span><\/p>\n<p class=\"more-link\"><a href=\"https:\/\/yjst.uz\/?p=657\" class=\"themebutton\">\u0427\u0438\u0442\u0430\u0439\u0442\u0435 \u0434\u0430\u043b\u0435\u0435<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":658,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-657","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/657","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=657"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/657\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":660,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/657\/revisions\/660"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/658"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=657"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=657"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yjst.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=657"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}