«Millatlar festivali» o’tkazildi.

Yangiyer Abu ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 4-dekabr kunida «Millatlar festivali» o’tkazildi.
«Millatlar festivali» dunyo xalqlarining tili, dini, urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda o’quvchilarda dunyoviy bilimlarni oshirish uchun yaxshi poydevor sifatida tatbiq qilingan tadbirdir.
Texnikum o’quvchilari ushbu festivaliga puxta tayyorgarlik ko’rish qatorida, turli davlatlarning kelib chiqish tarixi va madaniyati haqida ingliz, rus va koreys tillarida yoritib berishdi.


7 ta jamoaning har biri turli millatlarningi urf-odatlari, an’analari va kuy-qo’shiqlarini mahorat bilan tomashabinlarga taqdim etishdi. Musobaqa 5 ta shart bo’yicha o’tkazildi. Guruhlarning chiqishlari barchaning olqishiga sazovor bo’ldi. Tanlov g’olibi sifatida 1-o’rinni Turk millati an’analarini mahorat bilan ko’rsatgan 101-Funksional diagnostika guruhi egalladi. G’olib va faol ishtirok etganlarni kollej ma’muriyati, Yoshlar ittifoqi, mahalliy hokimiyat vakillari tabriklashdi!