Texnikumlar reytingi e’lon qilindi!

Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida texnikumlarda qabul natijalari va yoshlarning kasb tanlash tendensiyalari tahlil qilindi. Bunga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan. Shu bilan birga, yoshlar orasida eng ommabop kasb va mutaxassisliklar…

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini tinglash bilan boshlandi. Unda yoshlarning ta’lim olishi, kelajakdagi maqsadlari hamda Vatan taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Bugungi kunda texnikumda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”…

Xotira va qadrlash kunida ehtirom bajo keltirildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi hamda talabalari tomonidan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yildi. Tadbir davomida Vatan ozodligi, yurt tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Motamsaro ona timsoli orqali…

Faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriy o‘qituvchilarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Bayram munosabati bilan texnikumning faxriy ustozlariga kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ustozlarning ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan munosib…

Kasblar festivali o’tkazildi

2026 yil 7 may kuni Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Kasblar festivali” tashkil etildi.Festival davomida ishtirokchilar:—zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishish;—mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish;—o‘zlari uchun mos yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar olish;—amaliy ko‘rgazma va master-klasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, yoshlar uchun real tajriba almashinuvi,…

“Yil bitiruvchisi” tanlovi tashkil etildi.

Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 3-kurs talabalari o‘rtasida “Yil bitiruvchisi” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Funksional diagnostika, Farmatsiya va Stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha jami 7 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. 💬 Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim, ko‘nikma va kasbiy salohiyatlarini namoyon etib,…

Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik

Joriy yil 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-son Farmoni 1-ilovasiga muvofiq Yangiyer Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga biriktirilgan Toshkent Davlat Tibbiyot universitetining tayanch doktoranti М.Muinova tomonidan, texnikumning Stomatalogiya yo‘nalishi o‘quvchilariga ONLAYN tarzda ZOOM platformasi orqali dars mashg‘uloti o‘tkazildi.Ta’lim muassasasining barcha yo‘nalishlari kesimida onlayn dars mashg‘ulotlari Professor-o‘qituvchilar tomonidan…

Kasbiy ta’limni rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shu maqsadda Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son (23.10.2025) Farmoni tasdiqlandi. Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Quyidagi tizim va ta’lim tashkilotlari Kasbiy ta’lim agentligiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining:➖Professional ta’limni rivojlantirish instituti — Kasbiy ta’limni rivojlantirish…

21-oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

✅✅ Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi.✅✅ Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari tomonidan O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi!Ma’lumki, dunyodagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o’zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tilidir. Shunday ekan, har…

Aholini roʻyxatga olish davrida respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni.

Aholini roʻyxatga olish davrida respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni. Respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni koʻrsatilgan roʻyxat boʻyicha, ushbu soʻrovnomada turar joy maʼlumotlari (turar joy joylashgan hudud va uning xususiyatlari), uy xoʻjaligi aʼzolari tomonidan foydalaniladigan vositalar, uy xoʻjaligi aʼzolarining tarkibi va maʼlumotlari, ushbu turar joyda vaqtinchalik yashayotgan shaxslarning doimiy manzili boʻyicha maʼlumotlar kiritiladi. Soʻrovnoma…