OTM bilan hamkorlik amalda.

Bugun Yangiyer Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent Davlat stomatologiya institutining professor-o’qituvchilari hamkorlik doirasida tashrif buyirishdi. Ular texnikumda talabalar va o’qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan taanishib chiqishdi. Texnikum o’qituvchilariga metodik yordam va tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar bo’yicha o’z fikrlarini bildirishdi. Shundan so’ng Toshkent Davlat stomatologiya institutining professor-o’qituvchilari M.U.Dadabayeva (“Gospital ortopedik stomatologiya” kafedrasi dotsenti) “Dental implantlarning stomatologiyadagi ahamiyati” mavzusida, F.S.Mirboboyeva (“Gospital ortopedik stomOftalmologiya ” kafedrasi dotsenti, tfn) “Ko’z ichi bosimi patologiyasi” mavzusida, N.J.Sulaymonova (“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi dotsenti, tfn) “Homiladorlikning 1- va 2-yarmida qon ketishlar” mavzusida, N.E.Maxkamova (“Otorinolaringologiya” kafedrasi dotsenti, tfn) “LOR a’zolarining klinik anatomiyasi” mavzusida texnikum talabalarida mashg’ulotlar va treninglar o’tkazdilar. (5/12/2023)