Aholini roʻyxatga olish davrida respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni.
Aholini roʻyxatga olish davrida respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni.
Respondentlar tomonidan soʻrovnomada ishtirok etish jarayoni koʻrsatilgan roʻyxat boʻyicha, ushbu soʻrovnomada turar joy maʼlumotlari (turar joy joylashgan hudud va uning xususiyatlari), uy xoʻjaligi aʼzolari tomonidan foydalaniladigan vositalar, uy xoʻjaligi aʼzolarining tarkibi va maʼlumotlari, ushbu turar joyda vaqtinchalik yashayotgan shaxslarning doimiy manzili boʻyicha maʼlumotlar kiritiladi.
Soʻrovnoma savollariga javoblar ularning toifasiga qarab, Respondent tomonidan qoʻlda kiriladigan (son yoki harflardan foydalangan holda, masalan koʻcha nomi, uy raqami), roʻyxatdan tanlab kiritiladigan (masalan, hudud nomi, jinsi) yoki taqvimdan foydalangan holda (masalan, tugʻilgan vaqti) maʼlumot kiritish mumkin. Shuningdek, ushbu soʻrovnomada savollar toifasiga qarab majburiy toʻldiriladigan (masalan, turar joy yoki shaxsga taluqli savollar) va toʻldirilishi majburiy emas boʻlgan (masalan, uy xoʻjaligi aʼzolari tomonidan ishlatiladigan vositalar) savollarga ajratiladi.
Ushbu soʻrovnomada bir-biriga zid keluvchi javob variantlari tanlanmasligi uchun qoʻshimcha mantiqiy nazoratlar oʻrnatilgan boʻlib, ushbu mantiqiy nazoratlar toʻldirilayotgan soʻrovnomalarning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi. Ushbu mantiqiy nazoratlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: — 16 yoshdan kichik boʻlgan shaxslardan nikoh holati soʻralmaydi; — 7 yoshdan kichik boʻlgan shaxslar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotiga bogʻliq maʼlumotlar soʻraladi; — shaxsiy korxonasiga ega boʻlgan shaxslar yollanib ishlaydigan xodim sifatida koʻrsatib boʻlmaydi; — 7 yoshdan kichik boʻlgan shaxslardan qoʻshimcha suhbatlasha oladigan til haqida maʼlumotlar kiritish majburiy emasligi; — va boshqa mantiqiy nazoratlar. Respondentlar har bir shakllning tegishli savollariga javoblarni kiritganlaridan soʻng,
Soʻrovnoma sahifasining pastgi qismida keltirilgan “Keyingi shaklga oʻtish” tugmasini bosgan holda, keying shakl savollariga javoblarni kiritishlari mumkin boʻladi.
Yangiyer shahar statistika bo‘limi boshlig‘i N.Xo‘janboyev
