21-oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

✅✅ Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi.
✅✅ Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari tomonidan O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi!
Ma’lumki, dunyodagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o’zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tilidir. Shunday ekan, har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi.
✅✅ Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash barchamizning dolzarb ma’naviy burchimizdir.
Ona tilimizning qadri hamisha baland bo‘lsin!
