Kasbiy ta’limni rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Shu maqsadda Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son (23.10.2025) Farmoni tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Quyidagi tizim va ta’lim tashkilotlari Kasbiy ta’lim agentligiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
➖Professional ta’limni rivojlantirish instituti — Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti sifatida;
➖Oliy va professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi — Kasbiy ta’lim moddiy-texnika ta’minoti markazi sifatida;
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmalari sifatida;
➖Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi hamda texnikumlar.

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlari va ularning filiallari texnikumlar sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga o‘tkaziladi.