Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 3-kurs talabalari o‘rtasida “Yil bitiruvchisi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Funksional diagnostika, Farmatsiya va Stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha jami 7 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi.
💬 Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim, ko‘nikma va kasbiy salohiyatlarini namoyon etib, murosasiz bahslar asosida bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🏆 Davolash ishi yo‘nalishidan — Rahmonqulova Munavvar
🏆 Hamshiralik ishi yo‘nalishidan — G‘ofurnazarova Shahnoza bir xil yuqori natija qayd etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha “Yil bitiruvchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdilar.
🥇 Shuningdek, tanlovning boshqa ishtirokchilari ham turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
⭐️ Mazkur tanlov sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, talabalar bilim va salohiyatini rag‘batlantirish hamda kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qildi.

