2026 yil 7 may kuni Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Kasblar festivali” tashkil etildi.
Festival davomida ishtirokchilar:
—zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishish;
—mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish;
—o‘zlari uchun mos yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar olish;
—amaliy ko‘rgazma va master-klasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Shuningdek, yoshlar uchun real tajriba almashinuvi, bepul maslahatlar hamda qiziqarli taqdimotlar tashkil etilgan.
Ushbu festivalda texnikumimiz jamoasi ham fail oshtirok etdi.




