Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini tinglash bilan boshlandi.
Unda yoshlarning ta’lim olishi, kelajakdagi maqsadlari hamda Vatan taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.
Bugungi kunda texnikumda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mustaqillik darslari keng miqyosda o‘tkazilmoqda.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi bilimlar va katta imkoniyatlar sari yangi qadam!


