Yotoqxona

Yangiyer Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining «Talabalar turar joyi» ikki qavatli bino bo’lib, birinchi va ikkinchi qavat foyelaridan va 30 ta xonalardan iborat. Xonalardan 21 tasi talabalar yotoqxonasi (zarur jihozlari bilan), qolgan xonalar: talabalar oshxonasi, ovqatlanish xonasi, 2ta yuvinish xonasi, dars tayyorlashlari uchun, bo’sh vaqtlarida foydalanishlari uchun kutubxona va maʼnaviyat xonalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari ikkinchi qavat foyesida talabalar madaniy hordiq olishlari uchun dam olish xonasi joylashgan.

Talabalarni darsdan soʻng boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tarbiyachining yillik ish rejasi asosida turli bayram tadbirlari muntazam oʻtkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar foydalanishlari uchun oshxona va yuvinish xonalari issiq-sovuq suv bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyi binosi kuz-qish mavsumi uchun issiqlik tizimi bilan toʻliq taʼminlangan. Talabalar yana vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun darsdan soʻng texnikum sport zalida voleybol, basketbol, stol tennisi va sportning boshqa turlari bilan muntazam shugʻullanadilar. Qiziqishlariga qarab talaba -qizlar maʼnaviyat va ma’rifat xonasida tashkil qilingan «Mohir qo’llar» burchagiga oʻz qoʻllari bilan bajargan ishlarini to’plab boradi. Kutubxona darslik va badiiy kitoblar, gazeta va jurnallar bilan foydalanishlari uchun toʻliq taʼminlangan. Talabalar turar joyida texnika va yong’in xavfsizligi muntazam nazorat qilib boriladi va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.