9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriy o‘qituvchilarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Bayram munosabati bilan texnikumning faxriy ustozlariga kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ustozlarning ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi hamda ko‘p yillik samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, faxriy pedagoglarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy farovonlik tilandi. Ustozlarga ko‘rsatilgan bunday e’tibor va ehtirom barchada iliq taassurot qoldirdi.

Yurtimizda ustozlarni qadrlash, ularning mehnatini e’zozlash va hurmat ko‘rsatish ezgu qadriyat sifatida davom etmoqda. (08-05-2026)